

Unga ko'ra, ikki tomon 99 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishdi.
London klubi ushbu stadion ijarasi uchun London hokimligiga yiliga 2,5 million funt sterling to'laydi. Agar jamoa yutuqlarga erishsa, yana qo'shimcha tarzda ijara haqqi to'laydi.
Misol uchun, “Vest Xem” Angliya Premer-ligasi yoki Chempionlar ligasida g'olib chiqsa, qo'shimcha 1 million funt London meriyasiga o'tkazib beradi. “Vest Xem” yangi stadionda kelasi mavsumda o'ynashni boshlaydi, deya ma'lum qilinadi olamsport.com saytidagi xabarda.



