Veratti: "Bavariya" yoki "Barselona"? Men PSJda qolaman"

Aslanov Jasurbek
25 dek 2015
PSJ yarim himoyachisi Marko Veratti qishda klubni tark etishi haqidagi ma'lumotni rad etdi.

"Parij - fantastik shahar. Mana uch yildirki Fransiya poytaxtidaman va mavsumdan-mavsumga bu joylarni ko'proq yoqtirib qolyapman. Bunday shaharda yashab, futbol o'ynash juda yoqimli.

Qishda "Bavariya" yoki "Barselona"ga o'tish? Yo'q, PSJda qolaman va tez orada shartnomamni uzaytiraman" - deydi Veratti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le10sport