Venger: "Jiru va Uolkott o'zaro bellashmoqda"

Aslanov Jasurbek
23 sen 2015, 13:14
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger hujumchilar Olive Jiru va Teo Uolkott haqida so'zlab berdi.

"Jiru va Uolkott o'zaro bellashmoqda. Birinchisi maydonga chiqqanida nega ikkinchisi chiqmadi deb so'rashyapti. Agar sizda jahon darajasidagi ikki hujumchingiz bo'lsa, ularning bittasi maydonda bo'lishi lozim.

Bizdan futbolchilarni to'g'ri tanlash talab qilinadi. Jiru - doimo jangga tayyor. Bu ikki futbolchi turli xil sifatlarga ega va bir-birini to'ldirib turadi. Olive jismonan kuchli, to'pni yaxshi ushlab turadi" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com