Venger "Barselona"ni inqiroz holatida deb hisoblamoqda

Alisher
6 noya 2019, 12:30
Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Barselona" haqida fikr bildirdi.

- "Barselona" inqiroz holatidagi jamoa kabi o'ynamoqda. Ularning o'yini juda ham sekin. Ular to'pni yo'qotishganda, raqib uchun hududlarni kamaytira olishmayapti.

Qiziq, jamoa tarixida Lionel Messidek futbolchidan tashqari jamoaviy o'yin bo'lgan. Hozir esa ular Leodan harakat kutishayotganga o'xshaydi, - deydi Venger.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" kecha YCHL 4-tur doirasida "Slaviya" (0:0) bilan durang o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: beIN Sport