van Persi: Manchester Yunayted premer-liga g'olibligiga asosiy nomzod

11 avg 2013, 22:12
"Manchester Yunayted" hujumchisi Robin va Persi "Uigan" bilan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bizda hammasi yaxshi ketyapti va men bu jamoaga ishonaman. Biz amaldagi chempionmiz va chempionlik uchun eng asosiy da'vogarmiz".

"Men jamoaga qattiq ishonaman va yana ishonamanki, biz ohirigacha kurash olib boramiz".

"Gol urish har doim yoqimli. Ayniqsa "Uembli"da. Bu klubimiz uchun, muxlislar uchue va bosh murabbiyimiz uchun ajoyib kun bo'ldi.

"Bir kun, bir o'yin va biz yana bir sovrinni qo'lga kirityapmiz. Bu juda zo'r", dedi van Persi.

Manba: sports.ru