Van Deykning diskvalifikaciyasi yana bir o'yinga cho'zildi

Mirjalol Normatov
9 sen 2023, 00:35
"Liverpul" futbolchisi Virjil van Deyk jamoasining yana bir uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

Himoyachi APLning 4-turi doirasida "Nkyuasl"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgandi. Chetlatilganidan keyin Angliya futbol assotsiatsiyasi niderlandiyalikning hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani va hurmatsizlik qilganini ma'lum qilgandi.

Yakuniy qaror sifatida futbolchi yana bir o'yinga chetlatildi va 100 ming funt jarimaga tortildi. Shu orqali Virjil "Liverpul"ning "Vulverxempton"ga qarshi o'yinida ishtirok etmaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC