Birlamchi taxminiy tashxis mikroinfarkt deb aytilgan edi.
Ayni damda barcha diagnostik amallar o'tkazilgach, Abramovda aritmiya, yani yurak urushining tezlashishi, stress holati va qattiq toliqish deya tashxis qo'yilmoqda.
Shifokorlar bosh murabbiy 10 kun davomida muolaja olishi zarur deya takidlashyapti. Bizdagi mavjud ma'lumotlarga ko'ra, Vadim Karlenovich 22 mart kuni Farg'onaning “Neftchi” klubiga qarshi o'yinda jamoasini boshqara olmaydi. Uning o'rniga yordamchilari Andrey Miklyaev va Marat Miftaxutdinovlar “Lokomotiv” uchun javobgar hisoblanishi aytilmoqda.
Hozirgina olingan ma'lumotga ko'ra, Vadim Abramov muolaja olish uchun 15-shahar shifoxonasi, “Kardiologiya va Nevrologiya Markazi”ga ko'chirildi.
“Lokomotiv” klubi mamuriyati va jamoa futbolchilari bosh murabbiyga tezroq tuzalib, safga qaytishini tilab qolishadi.
Jamoa sardori Timur Kapadze, “Neftchi” ga qarshi o'yinimiz bosh murabbiy va muxlislarimiz oldidagi aybimizni yuvish uchun yaxshi imkoniyat, deya ta'kidlab, “Lokomotiv” chempionatdagi ilk mezbonlik o'yinida g'alaba qozonishi uchun astoyidil harakat qilishlarini aytib o'tdi.