Uolkott: "Endi Angliya chempionatida g'alaba qozonishimiz kerak"

Aziz Tukhtamuradov
31 may 2015, 12:10
"Arsenal" futbolchisi Teo Uolkott Angliya kubogidagi g'alabadan xursand.
"Barchasi ajoyib! G'alaba qozonish doim yoqimli. Lekin, biz 4 ta gol kiritib, umuman o'tkazib yubormadik. Vengerga ishongani uchun minnatdorchilik bildiraman. Men formamni tiklash uchun ko'p mehnat qildim. Shifokorlarga ham rahmat. Endi kelasi mavsumda APLda yaxshi ishtirok etishimiz lozim. Keyingi maqsadimiz - chempionatda g'olib bo'lish", - deydi futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru