Unai Emeri qur'adan so'ng nima dedi?

Aslanov Jasurbek
11 dek 2017
UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga qur'a tashlangandan so'ng PSJ bosh murabbiyi uning natijalari haqida fikr bildirdi.

PSJ navbatdagi bosqichda "Real" bilan o'ynaydi.

"Qur'a yaxshi o'tdi. "Real"ni mag'lub etib, keyingi bosqichga chiqishimizga ishonaman. UEFA Chempionlar ligasida buyuk ish qilish uchun eng yaxshi jamoalardan birini mag'lub etishimiz lozim. Bu 16ta jamoaning barchasi kuchli. "Qirollik klubi"ga qarshi bahsda iroda, taktika va iqtidorimizni ko'rsatishimiz shart" - deydi Unai Emeri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia