Umarali Rahmonaliev: "Navbahor"ga gol urishni maqsad qilgandim"

Narzulla Saydullayev
2 fev 2023, 15:17
"Rubin" - "Navbahor" (6:0) nazorat uchrashuvidan keyin Qozon klubining o'zbekistonlik yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev qisqa intervyu berdi.

- Juda quvnoq o'yin bo'ldi. "Navbahor" biz kutgandek o'ynadi, bunga tayyor edik. Albatta hisob bunchalik yirik bo'lishini kutmagandik, biroq bundan xursandmiz. Yaxshi o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. Bundan tashqari raqib ham o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi deb o'ylamayman. Har holda O'zbekiston vice-chempioni, O'zbekiston chempionati yaxshi darajada. Bu o'yinda gol urishni juda xohlagandim. O'zbekiston klubiga qarshi o'ynaganimiz bois bahsga jiddiy tayyorlandim. Imkoniyat berishdi va gol urdim. Uchrashuvdan oldin gol urishni maqsad qilgandim".

- Hamyurtingiz Rustam Ashurmatovning o'yiniga qanday baho berasiz?
- U yaxshi futbol ko'rsatdi, o'ylashimcha u ham sobiq klubiga qarshi bahsga ruhan tayyorlandi. Yakuniy bahoni bosh murabbiy beradi, - dedi futbolchi "Rubin" matbuot xizmatiga. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia