Ugo Loris: "Bayer" bilan o'yindagi natijadan qoniqdik"

Tolibjon Qosimov
19 okt 2016, 12:16
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris YCHL 3-turi doirasidagi "Bayer"ga qarshi o'yin (0:0) haqida gapirib o'tdi.
"Bayer" bilan o'yin natijasidan qoniqdik. Birinchi bo'limda bizda golli vaziyatlar bo'ldi, lekin ulardan foydalana olmadik. Chempionlar ligasida bunday imkoniyatlardan foydalana olmasang, g'alabadan umid uzaverishing mumkin. Ikkinchi bo'limda esa "Bayer" ustunlik qildi. Bizga oson bo'lmadi. O'ylashimcha, bugun bir-birimizni tabriklashimiz mumkin", - deya francuz darvozabonining so'zlarini keltirmoqda "BT Sport".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: BT Sport