Ueyn Runi: Elkamizdan tog' ag'darildi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2013, 14:41
Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi JCH-2014 saralashidan o'rin olgan Chernogoriyaga qarshi o'yindan (4:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Bu o'yin juda qiyin boshlandi. Ikkinchi bo'lim boshida urilgan gol hal qiluvchi rol o'ynadi.

Ushbu g'alabadan so'ng elkamizdan tog' ag'darildi. Biz hotirjam tarzda g'alabaga erishdik.

Hujumda Starridj, Taunsend va Uelbek bilan amalga oshirgan harakatlarimiz menga yoqdi. Biz Jerrard va Lempardning yordamlari bilan tezkor hujumlar tashkil etdik, – deydi Runi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru