

8000-gol "Atletiko" forvardi Antuan Grizmann emas, "Tottenxem" yarim himoyachisi Erik Lamela hisobiga yozildi.
Oldinroq, UEFA yubiley golni fransiyalik hujumchi urganini e'lon qilgan edi.
"Chempionlar ligasidagi 8000-gol muallifida adashgani uchun UEFA kechirim so'raydi. Bu ma'lumotlar bazasi tufayli sodir bo'ldi. Yubiley gol "Barselona"ga qarshi bahsda darvozani ishg'ol qilgan "Tottenxem" yarim himoyachisi Erik Lamelaga yozildi" - deyiladi UEFA bayonotida.



