UEFA to'rtta o'zgarishga ruxsat bermoqchi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2018, 17:45
UEFA rahbariyati Yevropa yoshlar va o'smirlar chempionatlaridan sinalgan to'rtinchi o'zgarish natijalaridan mamnun bo'lishdi va uni to'liq qo'llamoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, UEFA taqvim zichligi tufayli futbolchilarning sog'ligidan havotir olmoqda va to'rtinchi o'zgarishni kerakli deb hisoblamoqda. Ushbu qoida tez orada UEFAning barcha turnirlarida qo'llanilishi mumkin.

O'tgan yili Angliya futbol assotsiatsiyasi Angliya Kubogining chorak final bosqichidan qo'shimcha bo'limlarda to'rtinchi o'zgarishni amalga oshirishga ruxsat bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca