UEFA "Atletiko"ga YCHL yo'llanmasini sovg'a qilishi mumkin

Mirjalol Normatov
17 apr 2020, 21:28
Ispaniya chempionati yakunlanmasa ham "Atletiko" keyingi mavsumda YCHL o'yinlarida qatnashishi mumkin.

Bu haqda "COPE" xabar bermoqda. Ayni damda "matraschilar" Primero turnir jadvalida Yevropa ligasiga yo'llanma beruvchi 6-o'rinni egallab turibdi.

Qayd etilishicha, UEFA rahbariyati qoidalarni chetlab o'tgan holda "Atletiko"ga YCHL yo'llanmasini sovg'a qilishi mumkin.

Bunga jamoaning ushbu mavsum YCHLda qayd etgan natijalari va 2014 hamda 2016 yillarda turnir finalida o'ynagani turtki bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: COPE