

Hozircha musobaqaning 2 kuni ortda qoldi.
Bugun chempionatning 1-tur bellashuvlari davom ettiriladi. Avvaliga "Jar" stadionida Yaponiya hamda Xitoy terma jamoalari, keyin esa "Bunyodkor"da Saudiya Arabistoni Qirg'iziston bilan o'zaro hisob-kitob qiladi.
3 mart, juma
15:00, Yaponiya – Xitoy
"JAR" stadioni
17:00, Saudiya Arabistoni – Qirg'iziston
"Bunyodkor" stadioni

Eslatib o'tamiz, ushbu turnir 41-marotaba tashkil etilmoqda. Unda muvaffaqiyatga erishgan 4 jamoa mundialga yo'l oladi.



