

Ma'lumotlarga ko'ra, “Umm Salal” Tursunovning transferi uchun “Vorskla”ga 1,7 million evroga tushgan. Hamyurtimiz tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tib, yangi jamoasi bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
“Umm Salal” 15-turdan so'ng Qatar Yulduzlari ligasida 5-o'rinni egallab turibdi. Doha klubi ertaga o'z maydonida peshqadam “Ar Rayyan” jamoasini qabul qiladi. Aynan mana shu uchrashuvda Sanjar Tursunov yangi klubidagi debyutini nishonlaydi.



