Trabzonspor De Yongga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
4 apr 2015, 20:02
Milan yarim himoyachisi Nayjel de Yong Trabzonspor klubi qiziqishlari doirasiga kirib qoldi, deb xabar bermoqda Millyet nashri.
Yaqin orada turk klubi futbolchi bilan muzokaralarni boshlaydi. Gollandiyalik futbolchi hamon klub bilan shartnomani uzaytirmadi va mavsum tugagach A Seriyani tark etmoqchi.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli futbolchiga Manchester Yunayted va Ayaks klublari qiziqishmoqda. Bu mavsumda de Yong Milan tarkibida 20ta o'yinda ishtirok etib 3ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru