Toxir Zanettiga Inter rahbariyatidan joy bermoqchi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2013, 15:35
Inter sardori Xaver Zanetti futbolchilik faoliyatini tugatgach klubda qolib ishlashi mumkin.
Neradzurrilarning yangi prezidenti Erik Toxir 40 yoshli argentinalik futbolchini jamoada olib qolmoqchi.

Zanetti klub texnik direktori yoki vice-prezident lavozimida ishlashi mumkin.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2014 yil iyun oyida tugaydi. Yaqin orada Zanetti Toxir bilan o'zining kelajagi borasida gaplashib oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru