

BBC xabariga ko'ra, "shporlar" hujumchisi to'pig'idan jarohatlangan. "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin vaqtida uning holati yanada yomonlashgan.
Hozircha 25 yoshli futbolchining jarohati borasida to'liq ma'lumotlar yo'q. Barchasi tibbiy tekshiruvlardan keyin ma'lum bo'ladi.
Keyn bu mavsumda "Tottenxem" tarkibida 31 o'yinda 20 gol urib, 7 golga assistentlik qildi.



