Torgan Azar - Belgiyada yil futbolchisi

Tolibjon Qosimov
23 yanv 2014, 15:01
"Zyulte-Varegem" yarim himoyachisi Torgan Azar 2013 yil Belgiyada eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Eden Azarning ukasi ayni paytda "Zyulte-Varegem"da o'ynamoqda. Undan keyingi o'rinlarni "Bryugge" vakili Maksim Lestenn va "Anderlext" darvozaboni Silvio Proto egallashdi.
 
Torgan Azar mavsumda 9ta gol urdi va 11ta golli pas oshirdi. 

Qolgan sovrinlar:
 
Eng yaxshi yosh futbolchi: Torgan Azar ("Zyulte-Varegem")
Eng yaxshi murabbiy: Franki Dyuri ("Zyulte-Varegem")
Eng yaxshi darvozabon: Silvio Proto ("Anderlexta")
Xorijda o'ynayotgan eng yaxshi futbolchi: Tibo Kurtua ("Atletiko").

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru