Tomas Myuller: "To'g'ri qarorga keldim deb hisoblayman"
Aziz Tukhtamuradov
18 dek 2015, 22:08
"Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller myunxenliklar bilan shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirganidan xursandligini aytib o'tdi.
"Fikrimcha, "Bavariya" yaqin orada yanada kuchayadi. Shu sababli, qolishga qaror qildim. To'g'ri qarorga keldim deb hisoblayman", - deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Bavariya" rasmiy sayti.