Timur Turdiev: “Jamoa g'alaba yo'lida harakter ko'rsatishdi”

Alisher
26 may 2022, 12:29
Pro-liganing 10-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Xorazm" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Turdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin borasida

“Juda qiyin o'yin bo'ldi. “Xorazm” kuchli jamoa ekanini ko'rsatib berdi. Shu o'rinda shogirdlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Oxirgi daqiqalarga qadar kurashdi va g'alaba yo'lida harakter ko'rsatishdi. Biz mazkur o'yinga puhta tayyorgarlik ko'rgandik. Muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. Ular ham bizni tinimsiz ravishda qo'llab-quvvatladi. Keyingi bahslarga ham tayrgarlikni davom ettiramiz va ijobiy natijalar ko'rsatmoqchimiz.

Arislan Yusupbaev borasida

Arislan Yusupbaev jarohatidan to'liq forig' bo'lmagan. Shu sababli uni asosiy tarkibda tushirmayapmiz. Bugungi bellashuvda ham zaxiradan safga qo'shilib, qahramon sifatida maydonni tark etdi deya olaman. 

Qurbonov va Masharipovni tark etgani xususida

Mirjalol Qurbonov va Temur Masharipovni tark etgani borasida aniq ma'lumotga ega emasman. Buni klub rahbariyatidan so'raganingiz maqul. Chunki men ko'p vaqt jamoa bilan birga bo'lmadim. Shu sababli bu savolga javob bera olmayman.

Moliyaviy holat borasida

Hozirda moliyaviy tomonlama muammolar bo'lib turibdi. Lekin tez orada vaziyatdan chiqib ketamiz. Bu vaqtinchalik holat deb bilaman. Rahbariyat takidlashicha, oyni yakuniga qadar barcha qarzdorliklar yopiladi. 

Hakamlar haqida

Hakamlar borasida gapira olmayman. Chunki ularning ishini ko'rib chiqadigan qo'mita bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia