Terri "Chelsi"da qolishga umid qilmoqda

Aziz Tukhtamuradov
4 mar 2016, 19:40
Chelsi sardori Jon Terri mavsum yakunlanganidan so'ng ham jamoada qolishni istashini tan oldi.

"Qolishga umid qilyapman. 21 yildan beri shu yerdaman va oxirigacha qolishni istayman. "Chelsi" uchun ko'p narsa qilganman va bunda davom etishni istayman.

Xiddink ajoyib ish olib bormoqda. Shunaqa holat 2009 yilda ham bo'lgandi", - deydi himoyachi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining "Chelsi" bilan shartnomasi shu mavsum yakunida nihoyasiga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com