Ter Shtegen Messi "Barselona"ga qaytishini istaydi

Omonjon To`xtamirzayev
13 sen 2023, 12:18
"Barselona" kiperi Mark-Andre Ter Shtegen "Inter Mayami" klubi hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklar safiga qaytishini istaydi.

"Agarda Messi qaytsa, bu biz uchun juda yaxshi yangilik bo'lardi. Kim biladi deysiz, balki vaqti kelib u klubga baribir qaytar, balki boshqa rolda.

"Barselona" – uning klubi va Leoning hayotida alohida o'rni bo'lib qolaveradi. Bu yerda aksariyat insonlar hamon Messi bilan aloqada bo'lib turadi.

Leo bilan do'st bo'lgan bazi futbolchilar esa hozir u bilan Mayamida birga o'ynamoqda", - dedi darvozabon.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mundodeportivo.com