Ter Shtegen: "Manchester Yunayted" ham "Barselona" kabi"

Mirjalol Normatov
15 apr 2019
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter-Shtegen YCHLning chorak finali doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Manchester Yunayted" ham biz kabi, sovrinlarga o'ch jamoa. "Yunayted" safarda ishonchliroq o'yin ko'rsatmoqda, oradagi farq ham katta emas. Biz barcha raqibdan kuchli ekanligimizni isbotlamoqchimiz.

YCHLda barchasi bo'lishi mumkin. Shunchaki o'tgan uch mavsum qanday yakunlanganini eslang. MYUdan yaxshiroq jamoa ekanligimizni ertaga g'alaba qozongan holda isbotlashga urinamiz.

"Yunayted"ning futbolchilari anchagina tez. Bazida ko'z ham ulgurmay qoladi. Agarda ularga qarshi o'yinda boshni ko'tarib o'ynamasak, keyinchalik bizga qiyin bo'lishi mumkin", - dedi ter-Shtegen.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcbarcelona