Ter Shtegen durang haqida: "Barselona" charchagan bo'lsa kerak"

Aslanov Jasurbek
11 fev 2019, 11:18
"Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen "Atletik"ka qarshi bo'lgan durang haqida fikr bildirdi.

"Taqvim zichligi tufayli charchagan bo'lsak kerak. Endi bir necha kun dam olishimiz mumkin. Fevralda o'yinlar soni juda ko'p bo'ldi.

Kichik tanaffusdan so'ng o'yinimizni kuchaytirishga e'tibor berishimiz lozim. Hozir nimani to'g'irlash haqida o'ylash kerak.

Bugun jamoamning eng yaxshi futbolchisi bo'lganimga ishonchim komil emas, ammo har doim bor kuchimni ishga solganman. Himoyada yaxshi o'ynadik" - deydi ter Shtegen.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca