Ten Hag: "Maguayr jamoadagi o'rni uchun kurashishi kerak"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag jamoa himoyachisi Harri Maguayrning o'yin daqiqalari haqida gapirdi.

"Maguayr bizning beshinchi variantimiz emas. U Varan, Martines, Lindelyof yoki Shoudan qolishmaydi. Ammo hamma narsa uning o'ziga bog'liq. Aytish lozimki, u mashg'ulotlarda yaxshi ishlaydi, sifatli o'yin ko'rsatadi, men jamoadagi barcha o'yinchilardan shuni kutaman. U tarkibdagi o'rni uchun kurashishi kerak va hammasi o'zgarishi mumkin. Bu vazida bo'lib turganidek, juda tez bo'lishi mumkin. Maguayr muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Maguayr muhim uchrashuvlarda maydonga tushirilmaydi? Bu noto'g'ri. U Jahon chempionatidan keyin o'ynashi kerak edi, biroq u kasal bo'lib qoldi. Men hech narsa qila olmas edim va u buni biladi. Shundan keyin boshqa o'yinchilar shakllanib qoldi, u o'z imkoniyatini kutishi kerak", – dedi “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hag.

Harri Maguayr joriy mavsumda "qizil iblislar" tarkibida jami 15 ta o'yinda ishtirok etdi.


Manba: Guardian