Temur Sultonov bugun "Andijon" yig'iniga qo'shiladi

8 yanv 2014, 13:42
"Andijon" safiga yangi futbolchilarning kelishi davom etmoqda.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, bugun Temur Sultonov ham "burgutlar" lageriga yetib keladi.

Faoliyati davomida "Navbahor", "Buxoro" hamda "Sho'rtan" singari klublarda o'ynagan Sultonov oxirgi yillarda "lochinlar" uchun to'p tepib kelayotgandi.

Aftidan Temur joriy yilni vodiyning boshqa bir klubida o'tkazishni maqsad qilgan.

Himoyachining bu yilgi shaxsiy statistikasi quyidagicha bo'lgan: 23 o'yin, 1985 daqiqa,  5 ta sariq kartochka. 

Manba: championat.asia