Tayyorlov guruhi: yosh “qaldirg'ochlar”dan g'alabalar

Narzulla Saydullayev
4 noya 2014, 14:55
Kecha xabar berib o'tganimizdek, Qarshi va Buxoro shaharlarida oliy hamda birinchi liga tayyorlov guruhlari final turnirlari bo'lib o'tmoqda.
Qarshi shahrida 1998-1999 yillarda tavallud topgan futbolchilar kuch sinashishmoqda. “A” guruhidan joy olgan “Bunyodkor” o'smirlari ilk turda “Buxoro” jamoasi bilan maydonga tushdilar va 3:1 hisobida zafar quchdilar. Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda mezbonlar – “Nasaf-99” jamoasi olmaliqlik tengqurlarini 5:3 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.

2000-2001 yillarda tug'ilgan o'smirlar turniriga Buxoro shahri mezbonlik qilmoqda. Bugun “B” guruhida dastlabki tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi va unda quyidagi natijalar qayd etildi: “Bunyodkor” (Toshkent) – “Alanga” (Samarqand) – 3:0, “Buxoro” – “Navbahor” – 3:1.

Ertaga 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com