

Soat 20:00da terma jamoa "Bunyodkor" stadionida o'yinoldi rasmiy mashg'ulot o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Tailand uchrashuvi ertaga, 6 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da start oladi. Ushbu bahsni stadiondan bevosita yoritishni rejalashtirayotgan OAV vakillari JCH–2018 saralash bosqichi uchun berilgan akkreditatsiya kartochkalari bilan “Bunyodkor” maydonida kirishi mumkin.
Mazkur o'yin O'zbekiston termasi uchun Eronga qarshi 12 iyun kuni o'tkaziladigan JCH–2018 saralash o'yiniga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.







