
"Muantong Yunayted" posboni Belgiyaning ikkinchi darajali divizionida ishtirok etuvchi "Luven" klubiga o'tadi. Bu haqda "Tvitter"dagi "Asian Football Feast" sahifasi e'lon qildi. Bu imkoniyatni futbolchiga "Lester Siti" egasi hisoblanadigan KING POWER kompaniyasi taqdim etdi. Ma'lumotlarga ko'ra, Belgiyaning "Luven" jamoasi "Lester" bilan hamkorlik qiladi. 10 yanvar kuni Tailand terma jamoasi darvozaboni Belgiya klubi safida rasman tanishtiriladi.