Superliganing eng yaxshi futbolchisi - Javlon Ibrohimov

23 avg 2018, 14:48
"Championat.asia" talqini bo'yicha "Bunyodkor" sardori Javlon Ibrohimov Superliga 1-bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ikki davradan iborat bo'lgan chempionatning dastlabki bosqichi yakunlandi. O'tkazilgan 22 tur davomida barqaror o'ynagan futbolchilar orasidan eng yaxshilar tanlab olindi. Jurnalistlar o'rtasida tashkil qilingan so'rovnomada "Eng yaxshi futbolchi", "Eng yaxshi murabbiy" va "Eng yaxshi darvozabon" nominaciyalari g'oliblari aniqlandi.

Superliganing 1-bosqichi yakunlariga ko'ra, chempionat o'yinlarini muntazam kuzatib hamda yoritib borgan "Championat.asia" va "Sport" kanali jurnalistlari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalarini e'lon qilamiz.

O'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, "Bunyodkor" sardori, jamoa tayanch yarim himoyachisi Javlon Ibrohimov 32 ball to'plagan holda birinchi bo'ldi. Ikkinchi o'rin esa "Paxtakor"ning hujumkor vingeri Tiago Bezerraga (25 ball) nasib etdi. So'rovnomada 24 ball to'plagan "Qizilqum" legioneri Elguja Grigalashvili uchinchi pog'onanini band etdi. Nomzodlar orasida bo'lgan "Bunyodkor"ning markaziy yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaev esa 20 ball to'plagan holda to'rtinchi bo'ldi. "Paxtakor" himoyachisi Sherzod A'zamov 10 ball bilan kuchli-beshtalikni yakunlab berdi. "Lokomotiv"ning tayanch yarim himoyachisi Sadriddin Abdullaev esa 5 ball bilan oltinchi pog'onani band etdi. "Metallurg"ning hujumkor vingeri Islom Isoqjonov hamda "Lokomotiv" yarim himoyachisi Sanjar Shoahmedov 2 balldan to'plashdi. Nomzodlar qatorida bo'lgan "Navbahor" futbolchisi A'zam Alievni hech bir jurnalist "uchtalik"ka kiritmadi.

Shu tariqa "Bunyodkor" sardori Javlon Ibrohimov Superliga 1-bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Kim kimga ovoz berdi?

          #

jurnalist

1

2

3

1

Narzulla Saydullaev

Javlon Ibrohimov

Tiago Bezerra

Elguja Grigalashvili

2

Tolibjon Qosimov

Sardor Sobirxo'jaev

Tiago Bezerra

Javlon Ibrohimov

3

Xayrulla Xoliqov

Javlon Ibrohimov

Tiago Bezerra

Sherzod A'zamov

4

Shahboz Beg'amov

Elguja Grigalashvili

Sardor Sobirxo'jaev

Sherzod A'zamov 

5

Eldor Mustafoev

Sadriddin Abdullaev

Javlon Ibrohimov

Sardor Sobirxo'jaev

6

Xayrulla Hamidov

Tiago Bezerra

Sherzod A'zamov

Elguja Grigalashvili

7

Farruh Rasulov

Sardor Sobirxo'jaev

Elguja Grigalashvili

Tiago Bezerra

8

Murod Rizaev

Elguja Grigalashvili

Tiago Bezerra

Javlon Ibrohimov

9

Jamoliddin Bobojonov

Sardor Sobirxo'jaev

Sherzod A'zamov

Elguja Grigalashvili

10

Abdulla No'rmonov

Javlon Ibrohimov

Elguja Grigalashvili

Islom Isoqjonov

11

Dilshodbek To'xtabekov

Javlon Ibrohimov

Tiago Tezerra

Sanjar Shoahmedov

12

Madina Ametova

Javlon Ibrohimov

Tiago Bezerra

Elguja Grigalashvili


Eng yaxshi futbolchi laureati uchun nomzodlar:

Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor", tayanch yarim himoyachi) - 19 o'yin, 10 gol, 1 assist

Tiago Bezerra ("Paxtakor", hujumkor vinger) - 21 o'yin, 10 gol, 3 assist, 1 samarali harakat

Elguja Grigalashvili ("Qizilqum", hujumkor vinger) - 21 o'yin, 7 gol, 3 assist, 2 samarali harakat

Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor", markaziy yarim himoyachi) - 20 o'yin, 1 gol, 10 assist

Sherzod A'zamov ("Paxtakor", markaziy himoyachi) - 20 o'yin, 1 gol, 1 assist, 10 quruq o'yin

Sadriddin Abdullaev ("Lokomotiv", tayanch yarim himoyachi) - 17 o'yin, 1 gol, 2 assist

Islom Isoqjonov ("Metallurg", hujumkor vinger) - 19 o'yin, 6 gol, 3 assist

Sanjar Shoahmedov ("Lokomotiv", yarim himoyachi) - 20 o'yin, 3 gol, 3 assist

A'zam Aliev ("Navbahor", tayanch yarim himoyachi) - 22 o'yin, 4 assist

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia