Sulsher Molde ko'rsatgan o'yindan ko'ngli to'ldi

Tolibjon Qosimov
23 avg 2013, 16:32
"Molde" bosh murabbiy Ole Gunnar Sulsher "Rubin"ga qarshi Yevropa Ligasi doirasidagi o'z uyida o'tkazilgan o'yindan (0:2) so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ikkinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinimizdan faxrlanaman. O'yin so'nggida ikkinchi golni o'tkazib yuborish albatta yoqimsiz holat. Futbolda hamma narsa bo'ladi. Biroq futbolchilarim sifatli o'yin ko'rsatishdi va mag'lubiyat uchun o'zlarini ayblashlari kerak emas".

"Javob o'yinida ikkinchi bo'limda o'ynaganimizdek o'yin namoyish etishimiz kerak. Qozonda bizga oson bo'lmaydi. Biroq biz u erga umid va ishonch bilan boramiz. O'z kuchimizga, eng yuqori darajadagi o'yinlarda ham munosib qarshilik ko'rsata olishimizga ishonch bilan borishimiz kerak. Norvegiyalik futbolchilarga aynan shu narsa yetishmaydi", - deydi Sulsher.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: livesport.ru