

Ma'lumotlarga ko'ra, chorshanbadagi mashg'ulotda Suares Grizmannga umuman e'tibor qaratmadi va so'zlariga javob bermadi.
Bu munosabat Grizmanning JCH-2018dagi so'zlariga bog'liq bo'lishi mumkin. Fransiya va Urugvay o'rtasidagi chorak final bahsidan oldin Grizmann o'zini yarim urugvaylik sifatida his qilayotganini aytgan edi. Bu so'zlar esa Suaresga yoqmagan.
Eslatib o'tamiz, 12 iyul kuni "Barselona" 120 mln. evro evaziga Grizmanni "Atletiko"dan sotib olgan edi.



