Stiven Pinar to'rt hafta maydonga tushmasligi mumkin

Narzulla Saydullayev
17 sen 2013
“Everton” klubi yarim himoyachisi Stiven Pinar oyog'idan jarohat oldi va endi taxminan to'rt haftani o'tkazib yuborishi mumkin, deb xabar beradi Daily Mail.

Futbolchi o'tgan hafta o'tkazilgan mashg'ulotlarda jarohat olgan va “Chelsi” bilan bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuboradi (birinchi o'yinda 1:0 hisobida “Everton” g'alaba qozongan). Endi Pinar faqatgina 5 oktyabrda “Manchester Siti”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin. Biroq maydonga qaytish bundanda ko'proq vaqtga cho'zilishi ham mumkin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net