Spalletti: "Roma" muxlislarining fikricha, Totti men tufayli faoliyatini yakunlagan"

Aslanov Jasurbek
27 avg 2017, 12:41
"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyaning ikkinchi turida "Roma" ustidan qozonilgan g'alabadan (3:1) so'ng, Rim jamoasining bazi muxlislari nega unga xushtak chalgani haqida fikr bildirdi.

"Muxlislar menga xushtak chalishdi, chunki ularning fikricha, Totti men tufayli faoliyatini yakunlagan. Ammo endi "Roma"da emasman, u esa o'ynashda davom etishi mumkin edi. Totti ishqibozlari menga xushtak chalishdi, "Roma" muxlislaridan esa ijobiy so'zlarni eshitdim" - deydi Spalletti.

Spalletti o'tgan mavsum "Roma"dan ketganida Franchesko Totti futbolchilik faoliyatini yakunladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mediaset Premium