Spalletti kelajagi borasida yangilikni ma'lum qildi

Omonjon To`xtamirzayev
8 may 2023, 16:50
"Napoli" bosh murabbiyi Luchano Spalletti klub bilan shartnomani uzaytirganini ma'lum qildi.

"Shartnomani 2024 yil iyuniga qadar uzaytirish bandidan foydalangani uchun klub rahbariyatidan minnatdorman.

Direktorimiz Kristiano Juntoli yangi mavsum uchun shartnomalar borasida ish boshlab yuborgan, – dedi Spalletti.

Xabaringiz bor, bu mavsum "Napoli" 33 yildan keyin yana Italiya chempionatida g'olib bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Spalletti 2021 yildan buyon jamoani boshqarib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: TMW