Son Xen Min rekordchiga aylandi

Mirjalol Normatov
27 okt 2020
"Tottenxem" futbolchisi Son Xen Min o'z nomini APL tarixiga yozdirib qo'ydi.

Liganing 6-turi doirasida u "Bernli" maydonida gol urdi va bu jamoasiga uch ochko keltirdi. Shu orqali u Angliya chempionati tarixida dastlabki 3 safar o'yinining barchasida gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Bunga qadar u "Sautgempton" darvozasiga 4, "Manchester Yunayted" maydonida 2 bora gol urgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal