Son Xen Min agenti: "Manchester Yunayted" mijozimga juda qiziqqan edi"

Tolibjon Qosimov
10 sen 2013, 15:37
"Bayer" hujumchisi Son Xen Min agenti yozgi transfer mavsumi davomida "Manchester Yunayted" uning mijoziga jiddiy qiziqish bildirganini aytib o'tdi.
"Manchester Yunayted" mijozim xizmatlariga jiddiy ravishda qiziqish bildirgan edi. Biz hatto bu borada muzokaralar ham olib borgan edik". 

"MYU" tomonidan bo'lgan qiziqish Songa ham yoqqandi, biroq bu paytgacha biz "Bayer" bilan deyarli kelishib qo'ygandik. Bu transfer uning faoliyati uchun eng yaxshi qaror bo'ldi", dndi futbolchi agenti.

O'tgan mavsumda Son Xen Min "Gamburg" safida 33 o'yinda maydonga tushib 12 golga mualliflik qilgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru