Sohil futboli: Yarim finalda uch viloyat vakili

Narzulla Saydullayev
8 sen 2018, 17:34
Avval xabar berganimizdek, Qarshi shahri “Geolog” sport majmuasi hududidagi sohil futboli bo'yicha Respublikadagi yagona maydonda mamlakat chempionati davom etmoqda.

Kecha musobaqaning chorak final, bugun esa yarim final bahslaridan keyin final ishtirokchilari nomi ma'lum bo'ldi.

Bundan bir oy muqaddam o'tkazilgan O'zbekiston Kubogida bosh sovrinni qo'lga kiritgan Buxoroning “Kogon” jamoasi bu gal chorak finaldayoq to'xtashga majbur bo'ldi. Sababi, kogonliklar bu galgi musobaqada asosan ikkinchi, yoshlar tarkibi bilan qatnashdi. Jamoaning yetakchilari esa futzal bo'yicha mamlakat chempionatining tur o'yinlarida ishtirok etishi uchun sohil futboliga jalb etilmadi. Kogonliklar chorak finalda musobaqaning bosh sovriniga asosiy da'vogar “Adolat” jamoasiga kichik hisobda yutqazib qo'ydi.

Yarim final o'yinlari yanada shiddatli kechdi. “Adolat” va “Olimpiya” jamoalari o'rtasidagi o'yinda qarshiliklar arang g'alabani “ilib” ketishdi, ikkinchi uchrashuvda esa asosiy vaqtda ham, qo'shimcha daqiqalarda ham kuchlar teng keldi, faqat penaltilar seriyasida omad samarqandliklarga kulib boqdi...

Chorak final natijalari:

“Adolat” – “Kogon-2” – 2:1
“Koson” – “Huquq” – 1:3
“Olimpiya” (Jizzax) – IBO'SM – 2:0
“Samarqand” – “Olimpiya” (Qarshi) – 2:1

Yarim final natijalari:

“Adolat” – “Olimpiya” (Jizzax) – 4:3
“Huquq” – “Samarqand” -  2:2. Pen.bo'y. 0:1


Endi uchinchi o'rin uchun “Olimpiya” va “Huquq”, bosh sovrin uchun esa “Adolat” va “Samarqand” jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz