

2018-2025 yillarda 8 mavsum "So'g'diyona" sharafini himoya qilgan darvozabon Milan Mitrovich Serbiyaga qaytdi. U mamlakat birinchi ligasining "Dubochica" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
34 yoshli Milan Mitrovich Superligada 147 o'yin (jami 13 189 daqiqa) maydonda harakat qildi. O'zbekiston Kubogida 15 o'yin, OFK Kubogida esa 6 o'yinda qatnashdi, jamoa bilan birga yarim finalgacha yetib bordi.



