"So'g'diyona" nazorat uchrashuvida "Metallurg" ustidan g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2021
FIFA kunlari munosabati bilan Superligada tanaffus yuzaga kelganidan foydalanib, bugun "So'g'diyona" "Metallurg"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Murosasiz o'tgan uchrashuvda jizzaxlik futbolchilar bekobodliklarni yirik hisobda mag'lub etdi. Jamoa safidagi gollarga Shoxruz Norxonov, Marko Kolakovich hamda Jasur Hakimov mualliflik qildi.

NAZORAT UCHRASHUVI

So'g'diyona - Metallurg 3-0

Gollar: Shoxruz Norxonov 37ʼ penalti (1-0), Marko Kolakovich 47ʼ (2-0), Jasur Hakimov 57ʼ (3-0).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Сўғдиёна" футбол клуби матбуот хизмати