Smartfon hamda futbol to'pi sohiblari ma'lum!

Nadirkhuja Yuldashev
12 iyul 2016, 14:06
Yevropa chempionati qizg'in pallaga kirgan bir paytda, o'quvchilarimiz o'rtasida tanlov tashkil qilgandik.

Saytdagi odob axloqli va teran fikrlovchi o'quvchilarni rag'batlantirish maqsadida, "ENG IFODALI FIKR" loyihasini e'lon qilgandik.

Yevropa chempionati davomida, saytdagi Evro-2016ga oid xabarlarda fikr qoldirib kelayotgan o'quvchilarni barini kuzatib bordik. Unga ko'ra, o'yin yoki o'sha voqeaga oid eng teran fikr qoldirgan o'quvchiga Smartfon sovg'a qilish haqida e'lon qilgandik. Demak saytda o'tkazilgan tanlovning g'oliblarini e'lon qilamiz. Birinchi o'rin sohibiga Smartfon, keyingi beshta o'rinni egallagan ishtirokchilarga futbol to'plari sovg'a qilinadi. 

Shuningdek, mazkur akciya saytimizning "Facebook"dagi rasmiy sahifasida ham o'tkazildi. Undagi g'oliblar yaqin soatlarda e'lon qilinadi. Buning uchun "Facebook"dagi rasmiy sahifamizni kuzatib boring.



O'rin: #1.
Sovg'a:
Smartfon
Nik: SARVARBOSS
Xabar: "Bu lapashanglar Islandiyaga yutqazib qo'yishdi"
Fikr: Evroittifoqdan ajralib chiqqan angiliyaliklar uchun berilgan birinchi mukofot bo'ldi. Endi Islandiya hakida qisqacha ma'lumot: Hududi jihatdan o'xshatadigan bo'lsak, Oltinko'l tumanichalik, aholisi 374 ming ekan. Aholining 80 ming nafari ayollar, 50 mingdan ortig'i 17 yoshgacha va 35 yoshdan yuqori, yana qanchasining qorni chiqib ketgan qolganlari byudjet ishida ishlaydiganlar, dehqonlar, fermer va xokazo... Qisqasi 7+23 odam bekorchi bo'lib chiqyapti. Ularning 4 nafari murabbiy, 3 nafari shifokorlar va 23 futbolchi. Qoyil.. Ana xolos, yo'g'e shu xolos.

O'rin: # 2 - 6.
Sovg'a:
Futbol to'pi
Xabar: EVRO-2016. Fransiya yirik hisobdagi g'alabani rasmiylashtirdi va yarim finalga yo'l oldi
Nik: Islom Karimov 96
Fikr: O'zi menimcha shundoq ham Islandiya ko'p narsaga erishib yubordi. Ana endi mezbonni ham chiqarib yuborishganda sal noto'g'ri ish bo'lgan bo'lardida axir. Har qanday turnir uning mezboni bilan qiziqda. Men Fransiyaga muxlis emasman. Men muxlislik qiladigan (bu turnirda Gollandiya yo'qligi uchun) Uels va Portugaliyadan bittasi finalga chiqishi aniq. Germaniyaga ham hech qanday husumatim yo'q shunchaki finalda mezbon Fransiya o'ynasa qanaqadur intriga bo'lishiga ishonaman har holda ular o'z uylarida yopiq himoyaviy o'yin namoyish qilmaydi menimcha. Butun turnir davomida ham himoyaviy o'yin ko'rmadik Francuzlar ishtirokida. Lekin tanganing orqa tomoni ham bor deganlaridek Fransiyaga qur'a ham "jijja" yordam bervordi. 5ta o'yin Shvecariya, Ruminiya, Albaniya, Irlandiya, Islandiya bunday olib qarasa Yevropaning o'rtamiyona jamoalari bilan bahs olib bordi, shuning uchun ham hujumkor o'yin ko'rsatgan bo'lishlari ehtimoldan holi emas. Endigi raqib amaldagi Jahon chempionlaridir. Yani “Mersedes Benz” (CA talqinida) avtomobili. Ko'ramiz, mezbonlar unga qarshi qanday “Antiavtomobil” yarata olisharmikan. Balki faqat hujumda o'ynayotganini ro'kach qilayotganimiz Fransiya bu safar AVTOBUSda harakatlanar. Nima bo'lganda ham ikki jamoaga omad. Islandiyaga esa shunchaki qoyil qolmaslikning iloji yo'q. Ruhan turnirdagi eng yaxshi jamoa bo'ldi, hatto 4-0 da ham tushkunlikka tushmay ikkinchi bo'limda 2-1 hisobida g'alaba ham qozonishdi. ISLANDIYA "RESPEKT".

O'rin: #2-6.
Sovg'a:
Futbol to'pi
Nik: Mirjalol10
Xabar: Portugaliya - Fransiya 1:0
Fikr: Xatto kapalak ham Ronalduni ovutishga harakat qildi, qoyil. . .

O'rin: #2-6.
Sovg'a:
Futbol to'pi
Nik: Oltin tup qiroli ***L.Messi***
Xabar: Germaniya – Fransiya 0:2
Fikr: Bugun haqiqiy jangavor o'yin ko'ramizmi? Albatta biz haqlimiz bunga. Bugun ikki grand jamoani ajoyib final oldi final to'qnashuviga guvoh bo'lamiz. Germaniya askarlari seldek oqib kelsa hujumga bunga javoban Fransiya armiyasi vulqon kabi otilib chiqadi.
Qo'mondon Noyer o'zi yurishni boshlasa, sarkarda Boateng, Jan, Xovedes, Xektor davom ettirishadi. Kroos armiyasi, Shvaynshtayger, Ozil, Kimmix, Draksler bilan birgalida asosiy qo'shinni yorib o'tib, Myuller boshchiligidagi tezkor qo'shin orqali hujumga o'tishadi. Qalani osonlicha ishg'ol qilisholmaydi, sababi raqib ajoyib pistirmaga egadir. Posbon Loris, boshchilidagi Sanya, Koselni, Umtiti, Evra, Sissoko, Matyuidi raqiblarni pistirmada qurshovga olgach Pogba, Grizman, Paye, Jirudek tezkor armiya hamjihatlida bostirib kelgan raqiblani ortlariga qaytarib, o'zlari hujumga o'tishadi. Jang shu senariyda ayovsiz ko'rashlada davom etadi. Qaysi jamoa qo'shinlari ruhiy tomonlama qudratli bo'lsa albatta zafar quchishadi. Fransiya davlatini to'g'ridan to'g'ri stadiondan turib 50, 60 minglab muxlislar bevosita qo'llab jamoasi kuchiga kuch bahshida etadi, shu kunlarda Fransiyani to'xtatish osonmas. Shu vaqtgacha chempionatlarda Ispaniya va Germaniya 3 martadan zafar quchishgan, afsuski Ispaniya chempionatni erta tamomladi. Germaniyada esa yaqqol birinchilikka o'tish imkoniyati mavjud. Bundan ular unumli foydalanish uchun ham borini tikadilar. Nima bo'lsa ham, chiroyli o'yin tarafdorimiz. Biz muhlislar bularga faqat omadlar tilab qolamiz. Olg'a farang nemislar...

O'rin: #2-6.
Sovg'a:
Futbol to'pi
Nik: Saidnur
Xabar: Islandiyani o'z yurtida qanday kutib olishdi?
Fikr: Terma jamoasi chempionatning chorak finaliga chiqsa, yana birinchi bor qatnashishi bo'lsa albatta yig'laydida. Agar O'zbekiston birinchi qatnashuvidayoq jahon chempionatining chorak finaliga chiqsa qanday bo'lardi. Siz yig'lamasmidingiz?

O'rin: #2-6.
Sovg'a
: Futbol to'pi
Nik: OkilDJan FC
Xabar: Portugaliya - Fransiya 1:0
Fikr: Yig'latdi...!
Kecha buyuklar bahsida buyuk futbolchining eng katta orzularidan biri ushaldi. Ha, o'yin yomon boshlanadi. O'yin alamli boshlandi. Hiylakor francuzlar Ronalduni o'yin boshidanoq "sindirishdi". Ha, o'sha lahzalarda nafaqat Ronaldu yig'ladi, balki butun Portugaliya yig'ladi, balki butun dunyo yig'ladi! Men ham ko'z yoshlardan karaxt bo'lib qoldim: Nahot buyuklar terma jamoada chempionlikka erisha olmasa? Kopa Amerika tugagach ham dunyo yig'lagandi: Nahotki jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri terma jamoada hech narsa qo'lga kirita olmasa, yana to'rtta finalda mag'lubiyatga uchrasa, ALAM QILMAYDIMI?
Hozir Messi yoki Ronalduga endi klublardagi sovrinlar nima kerak, barchasiga erishib bo'ldi, ammo terma jamoada...
To'g'risi, ko'zlarim to'la yosh bilan kuzatdim. Nahotki, shunday futbolchi, jamoasining haqiqiy yetakchisi FINALDA O'YNAMASA!
O'ynamay turib ham qanday hayajon bilan kuzatdi, jarohat bilan kuzatdi, ko'zda yosh bilan kuzatdi...
Bir narsani aytmoqchiman, Portugaliya chempionlikka haqli, ularga kerak edi ana shu kubok va ular bunga haqli erishdi. Nega deysizmi? Chunki Fransiya barcha yirik turnirlarda g'alaba qozongan. Portugaliyachi? 12 yil oldingi bir final va mag'lubiyat. Xo'sh, kimga kerak edi?
Portugaliya chempion bo'lgach ham yig'ladim, quvonchdan yig'ladim.
Ha buyuklar ham terma jamoada chempion bo'ladi. Messi ham, Ronaldu ham bir kun yana chempion bo'ladi. Ular bunga to'la haqli. Chunki ular dunyoning eng yaxshi futbolchilari, chunki ular buyuklar buyugi... 


Shuningdek, mazkur akciya saytimizning "Facebook"dagi rasmiy sahifasida ham o'tkazildi. Undagi g'oliblar yaqin soatlarda e'lon qilinadi. Buning uchun "Facebook"dagi rasmiy sahifamizni kuzatib boring.


O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia