Skoulz: "Maguayr o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotgan ko'rinadi"

Sherzod Nurmatov
16 sen 2022, 18:00
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Pol Skoulz himoyachi Harri Maguayrning jamoadagi istiqboliga shubha bilan qaradi.

"U dastlabki daqiqalardan boshlab maydonda harakatlangan o'yinlarni qarasangiz, birorta ham g'alaba yo'q. Keyin jamoa usiz ketma-ket 4 ta g'alabaga erishdi. Varan-Martines juftligi haqiqatan ham ish beryapti va mustahkam ko'rinmoqda. Maguayr yana maydonda paydo bo'lganida, u bilan muammo boriligi sezildi. U o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotgan ko'rinadi va endi unga asosiy tarkibga qaytish juda qiyin bo'ladi", – dedi Skoulz.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BT Sport