“Siti”ning “sharofati” bilan APLning beshinchi jamoasi YCHLda ishtirok etadi

15 fev 2020, 01:56
“Manchester Siti”ning evrokuboklardan chetlatilishi Angliya premer ligasining evrokuboklardagi kvotasiga ta’sir o'tkazmaydi.

Shu bois APL turnir jadvalida joriy mavsum yakunida beshinchi o'rinni egallagan jamoa YCHLga yo'llanmani qo'lga kiritishi mumkin. Buning uchun “Manchester Siti” APLda mavsumni top-4 da yakunlashi lozim bo'ladi.

UEFAning taqiqi faqat “Manchester Siti” uchun amalda bo'ladi.

APL 25-turidan keyin “Siti” 51 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi pog'onani band etib turibdi. Ayni paytda 39 ochko jamg'argan “Sheffild Yunayted” beshinchi pog'onani band etgan. Undan keyingi o'rinlarda “Tottenxem” (37), “Everton” (36), MYU (35) va “Vulverxempton” (35) borishmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com