"Siti" yozda Keyn bilan shartnoma imzolash qiyin bo'ladi deb hisoblamoqda. "Shaharliklar" bir yil kutishga tayyorlar

Alisher
22 iyun 2021, 18:24
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn yana bir mavsum klubda qolishi mumkin.

"Shporlar" prezidenti Deniel Levi forvardni saqlab qolmoqchi va "Tottenxem" bosh murabbiyligi uchun da'vogarlardan biriga angliyalik bu mavsumda ketmasligini aytdi.

"Man Siti" bu xabardan so'ng yozda o'yinchi bilan shartnoma imzolash qiyin bo'ladi deb hisoblamoqda. "Shaharliklar" ularga kerakli o'yinchi bilan shartnoma imzolash uchun bir yil kutishga tayyorlar.

Vaziyat vinger Raxim Sterlingning poziciyasini ham qiyinlashtirmoqda. "Siti" uni Keynning transferiga qo'shmoqchi edi, ammo Sterling hech qanday bitimning bir qismi bo'lmoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN