Silva Inestaning jamoadoshiga aylanishi mumkin

14 noya 2019, 22:17
"Vissel Kobe" klubi yana bir jahon chempioni bilan shartnoma imzolamoqchi.

El Chiringuito nashri xabariga ko'ra, "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi David Silva faoliyatini Yaponiya chempionatida davom ettirishi mumkin. 33 yoshli ispaniyalik futbolchi "Vissel Kobe" klubining qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Yapon jamoasi sharafini himoya qilayotgan Andres Inesta va Lukash Podolski futbolchini o'zlari bilan birga to'p surishga taklif qilishgan. Silva bu taklif ustida jiddiy bosh qotirmoqda.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi joriy mavsum APLning 11 uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito