"Sho'rtan" bilan xayrlashadigan soni ortib bormoqda

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2013, 17:05
Joriy mavsumni moliyaviy muammolar sababli yuqori notada o'tkaza olmayotgan "Sho'rtan" ikkinchi davraga bir qator yetakchi o'yinchilarsiz kirib borishi xususida ko'p gapirilmoqda.
Darhaqiqat, jamoani tark etishi mumkin bo'lganlar kundan kunga ko'payib bormoqda. Bundan bir necha kun oldin jamoa rasmiy saytida klubni tark etadigan futbolchilar nomi qisman keltirib o'tilgandi. Jumladan litvalik psobon Pavel Leusga murabbiylar shtabi javob berib yuborishgan. Shuningdek Shavkat Raimqulov, Shukur Jumaboev, Aziz Mansurov kabi o'yinchilar ham ikkinchi davrani boshqa jamoada o'tkazishi to'g'risida aytib o'tilgan. Olingan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, yuqoridagi futbolchilardan tashqari jamoa tarkibini boshqa asosiy figuralar ham tark etishni o'ylab turishibdi.

G'uzorliklar safida bir necha yillardan buyon to'p surib kelayotgan Obid Jo'raboevga Neftchidan taklif tushgan. Markaziy yarim himoyachi Dilyaver Abibullaevga ham oliy liganing ikki vakilidan taklif bo'lgan. Yani "Olmaliq" va "Dinamo" Abibullaevni o'z safida ko'rishni istamoqda. Futbolchi yaqin kunlarda qarorini e'lon qilsa ajab emas. Shuningdek tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, Sho'rtanning yana boshqa bir futbolchisi Ibrohim Otaxonov ham katta extimol bilan ikkinchi davrani "Dinamo"da o'tkazishi mumkin. Hujumchi Aleksandr Vostrikov ham jamoani tark etishi xususida ma'lumotlar bor.

Shunday ekan "Sho'rtan" asosiy tarkib futbolchilaridan ayrilib qolishi kutilmoqda. E'tiborlisi hanuz jamoa tarkibiga birorta ham yangi futbolchi qo'shilishi to'g'risida yangilik yo'q. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Islombek Rustambekov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia