Shomurodov Bundesligaga yo'l olib, Azmun bilan bir jamoada o'ynashi mumkin

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2023, 14:34
"Roma" va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasidan Germaniya Bundesligasi tomon jo'nash ehtimoli bor.

Jurnalist Nikolo Skiraga ma'lum bo'lishicha, hujumchiga Leverkuzenning "Bayer" klubi qiziqish bildirmoqda. Agar termamiz sardori Leverkuzen jamoasiga o'tsa, u yerda Eron terma jamoasi forvardi Syerdar Azmun bilan birga to'p tepadi.

Insayderning qayd etishicha, Rim klubi Shomurodov uchun taxminan 13-14 million evro taklif qilinsa, uni sotishga tayyor.

27 yoshli futbolchiga "Torino", "Kremoneze", "Speciya", "Lill" va "Valyadolid" ham da'vogarlik qilmoqda. 

Eldor "Roma"ga 2021 yilning yozida borib qo'shilgan. 2022/2023 yilgi mavsumda hujumchi 9 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 27 yoshli hujumchining "Roma" bilan kelishuvi 2026 yilda yakuniga etadi. Transfermarkt portali uni 7 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira